Dushanbeda MDH sammiti boshlandi

Olam

image

Bugun, 10 oktyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbedagi “Millat saroyi”da Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

MDH yetakchilari sammiti tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Undan oldin rasmiy kutib olish marosimi va umumiy suratga tushish bo‘lib o‘tdi.

Majlisda quyidagi rahbarlar ishtirok etmoqda:

  • Rossiya Prezidenti Vladimir Putin
  • Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev
  • Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan
  • Belarusdan Aleksandr Lukashenko
  • Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev
  • Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov
  • Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon
  • Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuxamedov
  • O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
  • MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev.

Sammitda davlat rahbarlari yangi format – “MDH+”ni tashkil etish masalasini muhokama qiladi. Bu formatga uchinchi mamlakatlarning qo‘shilishi nazarda tutiladi. O‘xshash tizim BRICS va SHHT doirasida ham amal qiladi. Vladimir Putin o‘z nutqi davomida MDH rahbarlarini dekabr oxirida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan norasmiy uchrashuvga Sankt-Peterburgga taklif qiladi. Uning aniq sanasi hozircha belgilanmagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha,  9 oktyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammit bo‘lib o‘tgandi. Kechqurun esa Imomali Rahmon martabali mehmonlar sharafiga ziyofat berdi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Tojikiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing