Dushanbeda Lexus`da ketayotgan Maradonna qo‘lga olindi

Olam

image

Tojikiston poytaxti Dushanbeda faol Facebook foydalanuvchilardan birining video xabari asosida 6 haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun ushlanib, jarimaga tortilgan. Bu haqda Axbor xabar bermoqda.

Ular orasida Lexus-300 rusumli avtomashina haydovchisi Yusupov Maradona Kinonovich ham bor. Poytaxt militsiyasining bildirishicha, harakatning barcha hibsga olingan ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan va ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan.

Ichki ishlar vazirligining Dushanbe viloyati boshqarmasi ko‘pincha huquqbuzarlarni aniqlash va jazolash uchun ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan video va xabarlardan foydalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Dushanbe Lexus-300

Baholaganlar

563

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing