Dushanbe 2021 yilda MDHning madaniy poytaxti bo‘ldi
Olam
−
06 yanvar 2021
49262021 yilda Tojikiston poytaxti Dushanbe Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi. Bu haqda "CentralAsia" xabar bergan.
Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Dushanbeni sayyohlik shahri deb e’lon qilgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Dushanbe shahrida 37 ta mehmonxona, 57 ta restoran, 32 ta ko‘ngilochar markaz, 17 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 1 ta hayvonot bog‘i, 14 ta maydon, 5 ta dam olish uchun suv ombori, 4 ta madaniyat saroyi, 7 ta teatr, 10 ta muzey, 16 ta kutubxona, bir kunda yuzlab mahalliy va chet ellik mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi 306 ta tibbiyot muassasalari mavjud.
Qolaversa, 2017 yil 19 iyun kuni poytaxtda "Obshoron" dam olish markazi ochilgan. U sog‘lomlashtirish majmualari, yettita akvapark va suzish uchun landshaft hovuzlaridan iborat. Markazda turli xil tasvirlar ifodalovchi fontan, kattalar va bolalar uchun 14 ta noyob suv attraksionlari, bolalar uchun o‘yin maydonchalari ham mavjud.
Qayd etilishicha, Dushanbeda 109 ta sayyohlik kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Shaharning rasmiy sayyohlik sayti www.dushanbe-travel.tj ham ishga tushirilgan bo‘lib, unda Dushanbedagi turistik joylarning elektron xaritasi mavjud.
Ma’lumot uchun, 2020 yilda Qozog‘istonning Chimkent shahri MDHning madaniy poytaxti bo‘lgan.
LiveBarchasi