Durov Telegram moderatsiyasini yaxshilashga va’da berdi

Texnologiya

image

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada sudda messenjer moderatsiyasini yaxshilashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Franceinfo” xabar berdi.

“Pavel Durov uch advokat ishtirokida Telegram moderatsiya jarayonlarini yaxshilash majburiyatini olishini va’da qildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Durov sudda Telegram har oyda dunyo bo‘ylab qonunbuzarliklar sabab 15-20 million foydalanuvchi akkauntini o‘chirib tashlashini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, so‘nggi olti oy ichida Telegram huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik doirasida 10 ming foydalanuvchining ma’lumotlarini dunyoning turli davlatlaridagi hukumatlarga taqdim etganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Durov 2024 yil 24 avgust kuni kechqurun Fransiyaning Le Burje aeroportida shaxsiy samolyotdan tushayotganida qo‘lga olingandi. Tadbirkor Fransiyaga Ozarbayjondan kelgan. Unga olti xil qonunbuzarlik bo‘yicha ayblov qo‘yilgan, jumladan, Telegram platformasi noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oshirish maqsadida boshqarilgani uchun javobgarlik yuklangan. Telegram asoschisi 5 million yevro miqdoridagi garov evaziga sud nazorati ostida qoldirildi va unga Fransiyani tark etish taqiqlandi.

2024 yil 6 dekabr kuni Durov Fransiyada unga qarshi ochilgan ish doirasida ilk bor Parij sudi oldida guvohlik berdi. Ushbu tergov Telegram ning jinoyatchilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligiga oid da’volarni o‘rganmoqda. So‘roq tafsilotlari oshkor qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing