Durov Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olmoqchi

Olam

image

Telegram asoschisi Pavel Durov yana bir bor Fransiya hukumatini keskin tanqid qilib, Luvr muzeyidan buyumlar o‘g‘irlanishini mamlakatning tanazzuli bilan bog‘ladi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Luvrning talon-toroj qilinishi meni umuman ajablantirmadi. Bu – ilgari buyuk bo‘lgan mamlakat tanazzulga yuz tutganining yana bir achinarli belgisi. Hukumat esa haqiqiy tahdidlarga qarshi kurashish o‘rniga odamlarning e’tiborini soxta xavflar bilan chalg‘itish san’atini mukammal darajaga yetkazgan”, deydi Durov.

Oradan biroz o‘tib, u yana bir post qoldirdi.

“Men o‘g‘irlangan zargarlik buyumlarini mamnuniyat bilan sotib olib, ularni Luvrga qaytaraman. Albatta, men Abu-Dabi Luvrini nazarda tutyapman, chunki u yerda hech kim o‘g‘rilik qilmaydi”, deydi Telegram asoschisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq afsonaviy Luvr muzeyi o‘g‘rilik sababli yopilgan edi. O‘g‘irlab ketilgan bebaho artefaktlar orasida Napoleon tomonidan ikkinchi rafiqasiga hadya qilingan 1 000 dan ortiq brilliant va toshlardan yasalgan zumrad marjon, shuningdek, “beqiyos” qiymatga ega boshqa xazinalar bor.  


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov Luvr Frantsiya hukumati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing