Durov iPhone foydalanuvchilarini “qullar” deb atadi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Apple kompaniyasi smartfonlarining kamchiliklari haqida gapirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanalida yozgan.  

Rossiyalik tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Apple’ning biznes modeli o‘zlarini kompaniyaning ekotizimida qulflangan deb topgan mijozlarga ortiqcha narxdagi eskirgan qurilmalarni sotish asosida qurilgan. 

“Har safar ilovamizni sinab ko‘rish uchun iPhone’dan foydalanganimda, men o‘zimni o‘rta asrlarga tushib qolganday his qilaman”, deb yozgan Durov. 

Bundan tashqari, u ushbu 60 Gsli qurilmalardagi displeylar ba’zi Android gadjetlarida ishlatiladigan 120 Gsli ekranlar bilan raqobatlasha olmasligini ta’kidlagan. Telegram asoschisining so‘zlariga ko‘ra, ushbu smartfonlarning eng yomon tomoni shundaki, ular faqat App store’da mavjud bo‘lgan dasturlarni o‘rnatishga imkon beradi. 

“iPhone’ga ega bo‘lish sizni Apple’ning “raqamli quli”ga aylantiradi”, deb qo‘shimcha qilgan Durov. 

Avvalroq, Samsung Electronics dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchi maqomini tiklab, Apple’ni ortda qoldirgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov

Baholaganlar

441

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing