Vodiyda yana 19 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
24 aprel 2020
6118Andijon va Namangan viloyatida jami 19 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 24 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Bir yo‘la ikki hududdan: Namangan viloyatidan 14 nafar, Andijon viloyatidan 5 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi" deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Namanganda sog‘ayganlarning 4 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, barcha Namangan viloyatidan. Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 5 nafari ham ayollar bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Ikkita viloyatdan jami 19 nafar bemor koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 79 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.
Shunday qilib, bugun 56 nafar bemor butkul sog‘ayib, ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 617 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi