Biz dezinfeksiya tadbirlarini unutib qo‘yay degandik – Nurmat Otabekov

Jamiyat

image

Kecha, 4 may kuni AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Otabekov karantindan so‘ng ham dezinfeksiya tadbirlari davom ettirilishi to‘g‘risidagi savolga quyidagicha javob berdi:

“To‘g‘risini aytish kerak, biz dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya kabi tadbirlarni unutib qo‘yay degandik. O‘zi dezinfeksiya borasida profilaktik dezinfeksiya, o‘choqli dezinfeksiya, joriy dezinfeksiya va yakuniy dezinfeksiya degan tushunchalar bor.

Hozir amalga oshirilayotgan dezinfeksiya tadbirlari joriy dezinfeksiya tadbiriga kiradi. Karantin tadbirlari tugashi davrida yakuniy dezinfeksiya ishlari ham o‘tkazilishi kerak va shart.

Bundan keyin esa nafaqat dezinfeksiya ishlariga, balki, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish masalasi endilikda ko‘ndalang turadi. Biz doimo pokizalikni, sarishtalikni, saranjomlikni, tozalikni xush ko‘rgan xalq vakilimiz. Bu kabi tadbirlarga rioya etish bizning urf-odatlarimizdan munosib o‘rin egallagan“

Eslatib o‘tamiz, joriy karantin 2020 yil 10 may kunida yakunlanishi ko‘zda turilgan. Bu orada alohida hududlar kesimida karantin cheklovlarini yumshatib borilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing