Ikki hududda yana 15 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
09 iyun 2020
7880Toshkent shahri va Navoiy viloyatida jami 15 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 9 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar, jami 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Endilikda sog‘ayganlar soni Toshkent shahrida 1543 nafarga, Navoiy viloyatida 142 nafarga yetdi. Bugun kun davomida 102 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 3459 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda mamlakatda koronavirus aniqlanganlar soni 4482 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 1005 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr