Dunyoning ko‘zi bizda – Erdo‘g‘an

Olam

image
Rossiya va Turkiya Prezidentlari uchrashuvi boshlandi. Putin Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi north_east

Rossiya va Turkiya Prezidentlari uchrashuvi boshlandi. Putin Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi

Avvalroq, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 5 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahriga tashrif buyurgani, mamlakat Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik. 

“Muhtaram Prezident, avvalo qabulingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu uchrashuvni aslida Turkiyada qilmoqchi edik. Ammo, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi bilan bog‘liq o‘zgarishlar bois uchrashuvni bugun bu yerda o‘tkazyapmiz. Bizning Idlib muzokaralari sabab uchrashishimiz juda muhimdir. Mintaqada vaziyat og‘ir. Bilyapmanki, ayni vaqtda butun dunyoning nigohi shu yerga qaratilgan.  

Bugun bu yerda biz bosadigan qadam, qabul qilinadigan to‘g‘ri qarorlar mintaqa va mamlakatlarimizni halovatga yetaklaydi. Biz Rossiya va Turkiya munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarilgan bir davrda yashayapmiz. U xoh mudofaa sohasi bo‘lsin, xoh savdo aloqarimiz, turli vaziyatlarni boshdan kechiryapmiz. Biz bu imkoniyatlarimizning yanada yangi manzillar sari eltish taraddudidamiz. Albatta, bularni kuchli tarzda davom ettirish bizning eng buyuk maqsadimizdir. Buning uddasidan chiqishimizga ishonaman”, dedi Rajab Toyib Erdo‘g‘an.

Prezidentlarning asosiy muloqoti OAV guvohligisiz davom etdi. Hozircha uchrashuv natijalari bo‘yicha kelishuvlar va suhbat mazmuni ma’lum emas. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing