Dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari nomi e’lon qilindi

Sport

image

Ispaniyaning “Marca” nashri 2021-2022 mavsumning eng yaxshi 25 ta yosh futbolchisidan iborat ro‘yxatni tuzdi. Ushbu reytingning birinchi o‘rnini “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior egallagan.

Ikkinchi pog‘ona ko‘pchlik uchun kutilmaganda, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandga nasib etdi. O‘tgan mavsumning katta qismini jarohat tufayli o‘tkazib yuborganligi ham Xolandga to‘sqinlik qilmagan.

Kuchli uchlikka Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Pedri yakun yasab bergan. Pedri “ko‘k anorranglilar” uchun o‘ta omadsiz o‘tgan mavsumda ham o‘zining eng yaxshi sifatlarini ko‘rsata oldi.

Qayd etish joizki, ushbu reytingga 2021-2022 yilgi mavsumning boshlanishi vaqtida 21 yoshdan oshmagan futbolchilar kiritilgan.

Dunyoning eng kuchli 10 nafar yosh futbolchisi bilan tanishing:

1. Vinisius Junior (“Real Madrid”);

2. Erling Xoland (“Borussiya Dortmund”/“Manchester Siti”);

3. Pedri (“Barselona”);

4. Dushan Vlahovich (“Fiorentina”/“Yuventus”);

5. Fil Foden (“Manchester Siti”);

6. Jud Bellingem (“Borussiya Dortmund”);

7. Gavi (“Barselona”);

8. Orelen Tchuameni (“Monako”/“Real Madrid”);

9. Antoni (“Ayaks”);

10. Sandro Tonali (“Milan”).

Eslatib o‘tamiz, nufuzli “Transfermarkt” portali dunyoning eng qimmat futbolchilaridan iborat reytingni tuzgandi.

Avvalroq, O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari haqida ma’lumot berilgandi. Shuningdek, joriy yilning 1-19 iyun kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi U-23 ning eng qimmat tarkibga ega jamoalari haqida xabar qilingandi. Qolaversa, Osiyo qit’asining narxi “osmon” futbolchilaridan iborat reyting ham tuzilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing