Dunyoning eng qimmat futbolchilari nomi e’lon qilindi

Sport

image

Germaniyaning “Transfermarkt” portali Fransiya milliy terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni dunyoning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etdi. Portal 23 yoshli hujumchiga 160 million yevro narx belgilagan.

2021-2022 yiligi mavsumni jarahotlar sabab ko‘ngildagidek o‘tkaza olmagan Erling Xoland 150 millionlik narx bilan ikkinchi pog‘onani band etgan. Albatta, norvegiyalik super forvardning joriy yil yozida “Borussiya Dortmund”dan “Manchester Siti”ga o‘tishi futbol ommasi uchun ulkan voqea bo‘ldi. Agar 21 yoshli futbolchi “Siti” tarkibida ham o‘zini ko‘rsatadigan bo‘lsa, uning narxi yanada o‘sishi mumkin.

O‘tgan mavsumni fantastik kayfiyatda o‘tkazgan Vinisius Juniorga uchinchi o‘rin nasib qilgan. Hozirda Vinisiusning bozor bahosi naqd 100 million yevroni tashkil qilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, 2021 yili braziliyalik futbolchiga 50 million yevro narx belgilangandi. Oxirgi bir yil ichida Junior narxini ikki barobar oshirishlariga majbur qila oldi.

Dunyoning eng qimmat o‘nta futbolchisi bilan tanishing:

1. Kilian Mbappe (PSJ Fransiya) – 160 million yevro (transfer bahosi);

2. Erling Xoland (“Manchester Siti” Angliya) – 150 million yevro;

3. Vinisius Junior (“Real Madrid” Ispaniya) – 100 million yevro;

4. Fil Foden (“Manchester Siti” Angliya) – 90 million yevro;

5. Muhammad Saloh (“Liverpul” Angliya) – 90 million yevro;

6. Xarri Keyn (“Tottenxem” Angliya) – 90 million yevro;

7. Dushan Vlahovich (“Yuventus” Italiya) – 85 million yevro;

8. Bruno Fernandesh (“Manchester Yunayted” Angliya) – 85 million yevro;

9. Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti” Angliya) – 85 million yevro;

10. Pedri (“Barselona” Ispaniya) – 80 million yevro.

Avvalroq, O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari haqida ma’lumot berilgandi. Shuningdek, joriy yilning 1-19 iyun kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi U-23 ning eng qimmat tarkibga ega jamoalari haqida xabar qilingandi. Qolaversa, Osiyo qit’asining narxi “osmon” futbolchilaridan iborat reyting ham tuzilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

eng qimmat futbolchilar

Baholaganlar

193

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing