O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari nomi e’lon qilindi

Sport

image
0:00
0:00
download

Professional futbolchilarning statistik ma’lumotlariga tayangan holda, ularning real bahosini hisoblab chiqishga harakat qiluvchi “Transfermarkt” portali Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etdi.

Ikkinchi pog‘onada Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharja” klubida to‘p tepuvchi Otabek Shukurov qayd etilgan. Iste’dodli yarim himoyachi uchun 4 million yevrolik narx belgilangan.

O‘zbekiston terma jamoasining asosiy yulduzlaridan biri bo‘lgan Jaloliddin Masharipovga 3-o‘rin nasib qilgan. Ya’ni, Saudiya Arabistonning “Al-Nasr” jamoasi vingerini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klub 3 million yevrodan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonning eng qimmat 10 ta futbolchisi bilan tanishing:

1. Eldor Shomurodov (“Roma” Italiya) – 8 million yevro (transfer bahosi);

2. Otabek Shukurov (“Sharja” BAA) – 4 million yevro;

3. Jaloliddin Masharipov (“Al-Nasr” S. Arabistoni) – 3 million yevro;

4. Igor Sergeyev  (“Tobol” Qozog‘iston) – 1,70 million yevro;

5. Aziz G‘aniyev (“Shabab Al-Ahli” BAA) – 1,50 million yevro;

6. Odilbek Hamrobekov (“Paxtakor” Toshkent) – 1 million yevro;

7. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (“Nijniy Novagord” Rossiya) – 900 ming yevro;

8. Sardor Sobirxo‘jayev (“Paxtakor” Toshkent) – 800 ming yevro;

9. Dostonbek Hamdamov (“Al-Sailiya” Qatar) – 800 ming yero;

10. Shoxruz Norxonov (“So‘g‘diyona” Jizzax) – 800 ming yevro.

Avvalroq, Osiyoning eng qimmat futbolchilari to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, 1-19 iyungacha O‘zbekistonda o‘tkazilgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi U-23 ning eng qimmat tarkibga ega jamoalari ma’lum qilingandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

eng qimmat futbolchilar

Baholaganlar

995

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing