Sondan Shomurodovgacha: Osiyoning eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi

Sport

image

Dunyodagi barcha futbolchilarning o‘yin darajasi va statistik ma’lumotlariga qarab, ularga narx belgilovchi “Transfermarkt” portali Osiyo qit’asining eng qimmat futbolchilaridan iborat reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Koreya milliy terma jamoasi va “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Son Xyon Min 75 million yevrolik narx bilan Osiyoning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.

Ikkinchi o‘rinni esa Yaponiya terma jamoasi va “Arsenal” himoyachisi Takehiro Tomiyasu 25 million yevro narx bilan egallagan. Uchinchi pog‘onadan yana bir yaponiyalik Daichi Kamada joy olgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 8 million yevrolik narx bilan qit’aning eng qimmat futbolchilari orasida 10-o‘rinda qayd etilgan. Quyida Osiyoning eng qimmat 10 futbolchisi bilan tanishing:

1.  Son Hyon Min (“Tottenxem”, Janubiy Koreya) — 75 million yevro;

2.  Takehiro Tomiyasu (“Arsenal”, Yaponiya) — 25 mln yevro;

3.  Daichi Kamada (“Ayntraxt”, Yaponiya) — 22 mln yevro;

4.  Sardor Azmun (“Bayer”, Eron) — 22 mln yevro;

5.  Mehdi Taremi (“Portu”, Eron) — 20 mln yevro;

6.  Xvan Xi Chan (“Vulverxempton”, Janubiy Koreya) — 16 mln yevro;

7.  Kim Min Je (“Fenerbahche”, Janubiy Koreya) — 14 mln yevro;

8.  Takumi Minamino (“Liverpul”,  Yaponiya) — 12 mln yevro;

9.  Ritsu Doan (PSV, Yaponiya) — 8 mln yevro;

10.  Eldor Shomurodov (“Roma”, O‘zbekiston) — 8 mln yevro;

Avvalroq, joriy yilning 1-19 iyunga qadar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi U-23 ning eng qimmat jamolari haqida ham xabar berilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

915

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing