Dunyoning eng yaxshi 100 ta milliy oshxonaci reytingi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
24 dekabr 8833 2 daqiqa
Dunyoning qariyb 19 mingta taomi tahlil qilinib, eng yaxshi 100 ta milliy oshxonalar reytingi tuzildi. Bu haqda “TasteAtlas” xabar berdi.
“TasteAtlas”ning aniqlik kiritishicha, reyting dunyo bo‘ylab deyarli 19 mingta an’anaviy taom bo‘yicha berilgan 590 228 ta tasdiqlangan bahoga asoslangan. Har bir mamlakatning yakuniy o‘rni platforma foydalanuvchilari qo‘ygan o‘rtacha ball asosida belgilangan. Shu bilan birga, servis hisob-kitoblarda faqat real foydalanuvchilarning baholari inobatga olinganini, shuningdek, botlar va “vatanparvarona sun’iy oshirishlar”ni istisno qiluvchi mexanizmlar qo‘llanganini qayd etgan.
“TasteAtlas” talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng mazali 10 ta mamlakat oshxonasi quyidagilar bo‘ldi:
- Italiya – 4,64;
- Gretsiya – 4,60;
- Peru – 4,54;
- Portugaliya – 4,53;
- Ispaniya – 4,53;
- Yaponiya – 4,49;
- Turkiya – 4,49;
- Xitoy – 4,48;
- Fransiya – 4,48;
- Indoneziya – 4,48.
Markaziy Osiyodan faqat Qozog‘iston reytingga kirgan. Ushbu mamlakat 100 ta davlat orasida 98-o‘rinni egallab, o‘rtacha 3,9 ball olgan. Umumiy reytingdagi past o‘ringa qaramay, milliy oshxonaning ayrim taomlari foydalanuvchilar tomonidan yetarlicha yuqori baholangan va tavsiya etilgan.
Platforma tatib ko‘rishni tavsiya qilgan taomlar orasida butun Markaziy Osiyo bo‘ylab keng tarqalgan, go‘shtli an’anaviy pishiriq hisoblanuvchi somsa (4,0) bor. Tavsifda u “xushbo‘y hidga ega, qarsildoq, xamirdan tayyorlanadigan mintaqaning klassik taomi” sifatida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiyot va tinchlik instituti (Institute for Economics & Peace, IEP) mamlakatlarning xavfsizlik va tinchlik darajasini baholovchi Global Peace Index 2025 reytingini e’lon qilgandi.
Live
Barchasi