Dunyoning eng uzun va eng kalta odami uchrashdi (foto, video)
Bu qiziq
−
20 fevral
17627Dunyodagi eng baland bo‘yli erkak va eng past bo‘yli ayol kecha AQSHning Kaliforniya shtatida uchrashdi. Ularning bo‘yidagi tafovut 183 sm dan ortiq. Bu haqda "Dailymail.co.uk" sayti xabar berdi.
41 yoshli Sulton Kosen Turkiyada tug‘ilgan. Unda bo‘yi 8 fut yoki undan yuqori bo‘lgan odam tarixida uchragan 10 ta holatdan biri kuzatilgan. Kosenning uzunligi tibbiyotda gipofiz gigantizmi deb ataladigan jarayonning rivojlanishiga sabab bo‘lgan o‘sma tufaylidir.
30 yoshli Yoti Amge esa hindistonlik bo‘lib, uning bo‘yi o‘rtacha 2 yoshli bolaning balandligidan biroz pastroq. U xondrodistrofiya (Irsiy kasallik bo‘lib, bo‘y o‘smay qolishi) kasalligiga yo‘liqqan. Ularning ikkisi ham noodatiy tomonlari bilan 2011 yilda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Rekordchilar AQSHda o‘zlarining bo‘ylaridagi farqni bir qator fotosuratlarda namoyon qilgan va bu jamoatchilik tarafidan kuchli qiziqish bilan qabul qilingan. Biroq bu ularning ilk uchrashuvi emas. Juftlik ilk bor 2018 yilda Misr Madaniyat va turizm vazirligi taklifiga binoan turli tarixiy joylarni ziyorat qilish chog‘ida ko‘rishgan.
Oradan besh yil o‘tgach, ikkalasi yana uchrashdi va ajoyib fotosuratlar tarixga muhrlandi.
Eslatib o‘tamiz, 5 kun avval, 15 fevral kuni Daniya fuqarosi Peter fon Tangen burniga 68 ta gugurt cho‘pi solib, jahon rekordini o‘rnatgan edi.
LiveBarchasi