Dunyoning eng nufuzli ayollari aniqlandi

Olam

image

"Forbes" dunyodagi eng nufuzli 100 nafar ayol reytingini ma’lum qildi. Jurnal eng nufuzli ayollarni har yili e’lon qiladi. Hisob bo‘yicha bu yilgi reyting o‘n yettinchisi hisoblanadi

Reytingda birinchi o‘rinni o‘n yildan buyon Germaniya kansleri Angela Merkel egallab kelmoqda. 

Ikkinchi qatordan Yevropa Markaziy banki rahbari Kristin Lagard joy olgan. U 2019 yilda ham xuddi shu o‘rinda edi. 

Uchinchi eng nufuzli ayol esa AQSHning bo‘lajak vitse-prezidenti Kamola Harris bo‘lgan. U ushbu reytingga birinchi marta kiritilganiga qaramay darhol top uchlikdan joy olgan.

Shuningdek, bu yilgi reytingga 17 nafar yangi ishtirokchi kiritilgan. 

"Bu narsa ayollar koronavirus pandemiyasi sharoitida jamiyat hayotining barcha sohasida rahbarlik qilayotganidan dalolat", deya ta’kidlagan nashr.

Yangi nufuzli ayollar qatoridan AQSHning 40 ta shtatidagi 7 mingta dorixona tarmog‘ini boshqaradigan CVS Health kompaniyasi vitse-prezidenti Karen Linch ham joy egallagan. U 2021 yilda kompaniyada COVID-19’ga qarshi vaksina bilan bog‘liq masalalar uchun mas’ul bo‘lishi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

DUNYo AYoLLAR

Baholaganlar

409

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing