2026 yilda 5G dunyo aholisining 60 foizini qamrab oladi
Texnologiya
−
30 noyabr 2020
46152020 yil oxiriga qadar 1 milliarddan ko‘p odam yoki dunyo aholisining 15 foizi beshinchi avlod aloqa tarmoqlari qamrab olingan hududda yashaydi. Bu haqda "Ericsson Mobility Report" tadqiqotiga tayanib xabar berilgan.
Manbaga ko‘ra, bugungi kunga kelib dunyo bo‘ylab 106 ta 5G tijorat tarmog‘i ishga tushirilgan. 2020 yil oxiriga qadar ularning soni 220 millionga yetishi aytilgan.
Qayd etilishicha, 2026 yilda 5G qamrovi dunyo aholisining 60 foizini qamrab oladi va ulanishlar soni 3,5 milliardga yetadi.
Hozirgi kunda 5G qamrovi bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda bormoqda. Mamlakatda 5G aloqa tarmog‘iga ulanish 11 foizni tashkil qiladi. Shimoliy Amerika 4 foiz bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Yevropada 5G texnologiyalari barcha uyali aloqa ulanishlarining 1 foizini tashkil qiladi.
LiveBarchasi