Dunyoning eng kuchli murabbiylari e’lon qilindi
Sport
−
20 Oktabr 2022
8074Angliyaning “Manchester Siti” klubi ustozi Xosep Gvardiola dunyoning ayni damdagi eng kuchli murabbiyi deb topildi. Bu haqda “FourFourTwo” jurnali yozmoqda.
Ikkinchi o‘ringa Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi Karlo Anchelotti joylashgan. Kuchli uchlikka “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yakun yasab bergan.
“FourFourTwo” talqiniga ko‘ra, dunyoning eng kuchli 10 nafar murabbiyi bilan tanishing:
1. Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”);
2. Karlo Anchelotti (“Real Madrid”);
3. Yurgen Klopp (“Liverpul”);
4. Antonio Konte (“Tottenxem”);
5. Stefano Pioli (“Milan”);
6. Mikel Arteta («Arsenal»);
7. Tomas Tuxel (“Chelsi”ning sobiq murabbiyi);
8. Grem Potter (“Chelsi”);
9. Yulian Nagelsman (“Bavariya”);
10. Diyego Simeone (“Atletiko”).
Umuman olganda, jurnal o‘z reytingiga 50 nafar murabbiyni kiritgan. PSJ ustozi Kristof Galte 12-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, Xavi 14-pog‘onani egallagan. Shuningdek, Erik ten Xag 15-o‘ringa va Joze Mourino 35-o‘ringa joylashgan.
Avvalroq, futbol tarixidagi eng kuchli o‘yinchilar e’lon qilingandi.