Dunyoning eng kuchli bokschilari reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF chempionlik kamarlari sohibi ukrainalik Aleksandr Usik vazn toifasidan qat’i nazar (pound for pound) dunyoning eng kuchli bokschisi deb topilgan. Bu haqda “The Ring” jurnali yozmoqda.

Ikkinchi pog‘onadan yaponiyalik Naoya Inoue joy egallagan. Kuchli uchlikka Amerika vakili Terens Krouford yakun yasab bergan.

Ushbu reytingning sobiq yetakchisi meksikalik Saul Alvaresga beshinchi pog‘ona nasib etgan. Saulni mag‘lub etib, jahon boksi jamoatchiligini o‘ziga qaratgan asli qirg‘iz millatiga mansub Dmitriy Bivolga reytingning 7-o‘rini berilgan.

Shu yilning 20 avgust kuni Usikga ikkinchi jangda ham imkoniyatni boy bergan britaniyalik Entoni Joshua kuchli bokschilar qatoridan tushib qolgan. Shuningdek, Joshuaning hamyurti Tayson Fyuriga ham reytingdan joy topilmadi. “Lo‘lilar qiroli” super og‘ir vaznda WBC yo‘nalishi chempioni hisoblansa-da, 2021 yilning 9 oktyabrida Deonteya Uaylderni mag‘lub etganidan buyon ringga qaytmadi. Yuqori ehtimoli bilan Tayson boksga qaytadigan bo‘lsa, uning keyingi raqibi Aleksandr Usik bo‘ladi.

“The Ring” talqiniga ko‘ra, vazn toifasidan qat’iy nazar dunyoning eng kuchli 10 nafar bokschisi bilan tanishing:

1. Aleksandr Usik (Ukraina);

2. Naoya Inoue (Yaponiya);

3. Terens Krouford (Amerika Qo‘shma Shtatlari);

4. Errol Spens (Amerika Qo‘shma Shtatlari);

5. Saul Alvares (Meksika);

6. Vasiliy Lomachenko (Ukraina);

7. Dmitriy Bivol (Rossiya);

8. Josh Teylor (Buyuk Britaniya);

9. Jermell Charlo (Amerika Qo‘shma Shtatlari);

10. Artur Beterbiyev (Rossiya).

Avvalroq, UFC ham vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilarining yangilangan reytingini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Entoni Joshua Aleksandr Usik

Baholaganlar

607

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing