Dunyoning eng kuchli 50 murabbiyi e’lon qilindi

Sport 5101
image

Britaniyaning “FourFourTwo” nashri 2021 yilning eng yaxshi 50 nafar murabbiyi ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Birinchi o‘rin “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga nasib etdi. 2021 yilda uning boshchiligidagi jamoa Angliya chempioni bo‘ldi, Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib bordi.

Kuchli uchlikdan, UEFA Chempionlar ligasi va Superkubogini qo‘lga kiritgan “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel (2-o‘rin) va “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp joy olgan.

Shuningdek, Antonio Konte (“Inter”, “Tottenxem”), Xans-Diter Flik (“Bavariya”, Germaniya TJ), Roberto Manchini (Italiya TJ), Diyego Simeone (“Atletiko”), Yulian Nagelsman (“RB Leypsig”, “Bavariya”), Garet Sautgeyt (Angliya TJ) va Maurisio Pochettino (PSJ) eng yaxshi 10 nafar murabbiy qatoriga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona”ning amaldagi, Qatarning “Al-Sadd” klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes esa eng so‘nggi o‘rinni egallagan.
 

Humoyun Oripov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 168
Reyting: 2.9
t
×