Dunyoning eng keksa erkagi vafot etdi
Bu qiziq
−
03 aprel
15224Kecha, 2 aprel kuni Venesuelada dunyodagi eng keksa odam Xuan Vitsente Peres Mora 114 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib, "RT"nashri xabar berdi.
Tachira shtati gubernatori Freddi Bernalning aytishicha, "Peresning 115 yoshga to‘lishiga bor-yo‘g‘i ikki oy qolgandi". Qariya uzoq vaqt fermerlik qilgan, 2020 yilda u dunyodagi eng keksa erkakka aylangan. Freddi 2022 yilda Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan.
"Bizning do‘stimiz va bobomiz, dunyodagi eng keksa odam bo‘lgan 114 yoshli Xuan Vitsente Peres Mora bugun bizni jisman tark etayotganini aytish qayg‘ulidir. Biz uni doimo qalbimizda saqlaymiz. Nurlar ichida yot, Don Vitsente!" deya post joylagan gubernator.
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro uning vafoti munosabati bilan yo‘llagan ta’ziyanomasida: "Xuan Vitsente Peres Mora 114 yoshida abadiyatga qovushdi", degan.
Ma’lumot o‘rnida, Peres 1909 yil 27 mayda Venesuelaning Tachira shtatidagi El Kobre shahrida tug‘ilgan va o‘nta farzandning to‘qqizinchisi bo‘lgan. Ginnes rekordlar kitobining 2022 yilgi bayonotiga ko‘ra, Tio Vitsente nomi bilan tanilgan fermer besh yoshidan buyon otasi va akalari bilan shakarqamish hamda qahva yetishtirgan.
Eslatib o‘tamiz, 1952 yilda birinchi marta “AQSH go‘zali” tanlovida g‘olib chiqqan aktrisa Jaklin Lokeri 26 fevral kuni 94 yoshida vafot etgan edi.
LiveBarchasi