Dunyoning eng qimmat kompaniyasi o‘zgardi
Olam
−
20 iyun
6967Sun’iy intellekt texnologiyalari sohasidagi yetakchilardan biri Nvidia yil boshidan buyon bozor qiymatini deyarli uch baravarga oshirgan holda, dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Sun’iy intellekt asosida videokartalar, chiplar va boshqa jihozlar ishlab chiqaruvchi Nvidia aksiyalarining narxi 3,5 foizga oshib, 135,58 dollarni tashkil qildi. Natijada kompaniyaning bozor qiymati 3,335 trillion dollarni tashkil etdi va bu miqdor bilan Apple va Microsoft kompaniyalaridan kichik farq bilan o‘zib ketdi.
Yil boshidan buyon Microsoft’ning kapitallashuvi 0,45 foizga kamayib, 3,317 trillion dollarni, Apple kompaniyasiniki esa 1 foizdan ko‘proqqa tushib, 3,286 trillion dollarni tashkil qildi.
“Reuters”ning ma’lum qilishicha, Nvidia aksiyalari faqat 2024 yil boshidan buyon qariyb uch barobar ko‘paydi. Bu o‘z o‘rnida Uoll Stritning yangi sun’iy intellekt texnologiyalariga nisbatan haddan tashqari optimizmini anglatadi.
Bundan tashqari, Nvidia aksiyalari Uoll Stritdagi eng ko‘p sotiladigan kompaniyaga aylandi va uning kunlik aylanmasi taxminan 50 milliardga yetgan. “Reuters”ning ta’kidlashicha, Apple, Microsoft va Tesla’da shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar o‘rtacha 10 milliard dollarni tashkil qiladi.
LiveBarchasi