Dunyoning eng qimmat futbolchisi kimligi aytildi

Sport

image

“Business Insider” nashri dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini tuzdi. Ro‘yxatga “PSJ” klubining fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe yetakchilik qildi.

Ekspertlar Mbappeni 229 mln yevroga baholagan. Ikkinchi o‘rinni uning braziliyalik klubdoshi Neymar egalladi. Uning transfer qiymati 206 mln yevroga tenglashtirildi. Uchinchi o‘rinni “Barselona” yetakchisi argentinalik hujumchi Lionel Messiga nasib qildi. Ekspertlar Messini 183 mln yevroga baholadi.

“Yuventus”ning portugaliyalik forvardi Krishtianu Ronaldu 21 futbolchi kiritilgan reytingda 19-o‘rinni egalladi. Uning ro‘yxatdagi o‘rni futbolchining yoshi o‘tib qolgani bilan izohlandi. Ronaldu joriy yil fevral oyida 34 yoshga to‘ldi.

Reyting futbolchilarning amaldagi shartnomasining muddati, ularning hozirgi sport formasi va o‘tgan mavsumdagi ishtirokiga asosan tuzilgan.

20 yoshli Mbappe PSJ tarkibida Fransiya chempionati doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib 33 ta gol urdi. U yaqin taqibchisini 11 ta gol farqi bilan ortda qoldirib, mavsum to‘purari bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting Kilian Mbappe Lionel Messi Ronaldu futbol

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing