Dunyoning eng qari erkagi ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
13 aprel
15917Angliyalik Jon Tinnisvud 111 yoshda dunyodagi eng keksa erkakka aylandi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobida ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, bir asrdan ko‘proq vaqt davomida nafaqada bo‘lgan Tinnisvud aprel oyi boshida 114 yoshli venesuelalik Xuan Vitsente Peres Mora vafotidan so‘ng yer yuzidagi eng keksa erkakka aylangan.
Tinnisvud 1912 yilda Angliya shimolidagi Mersisayd grafligida tug‘ilgan. Sobiq pochta xodimi va nafaqadagi hisobchi Tinnisvudning umr ko‘rish davomiyligi bugungi kungacha 111 yil-u 228 kunni tashkil qiladi.
Uning ta’kidlashicha, uning uzoq umr ko‘rishiga "faqat omad" sabab bo‘lgan va diyetaning alohida siri yo‘q. Tinnisvud uzoq umr ko‘rishi sababini shunday tushuntiradi:
"Siz juda ko‘p yoki juda kam yashashingiz mumkin, bu o‘zingizga bog‘liq emas".
Eslatilishicha, Ginnesga dunyodagi eng uzoq umr ko‘rgan erkak sifatida yaponiyalik Jiroemon Kimura kirgan, u 116 yil 54 kun yashagan. Sayyoramizdagi eng uzoq umr ko‘rgan ayol esa 117 yoshli ispaniyalik Mariya Branyas Morera hisoblanadi.