Dunyoning eng buyuk futbolchisi kim? Oksford professori formula ishlab chiqdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Oksford universitetining matematika professori, doktor Tom Krouford Livescore statistika markazi bilan birgalikda tarixdagi eng yaxshi futbolchini aniqlash uchun maxsus formula ishlab chiqdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mutaxassis “Oltin to‘p” sovrinini ikki va undan ortiq marta qo‘lga kiritgan futbolchilarni o‘rgangan. Istisno tariqasida, ba’zi afsonaviy futbolchilar – Pele va Maradona ham ro‘yxatga kiritilgan. 

Krouford milliy va xalqaro turnirlardagi g‘alabalar, jamoaviy va individual mukofotlar, klublar va terma jamoalar uchun kiritilgan gollar, xalqaro va shaxsiy rekordlar hamda “Oltin to‘p” uchun kurashda olingan ovozlar sonini hisoblovchi formulani ishlab chiqdi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, tarixdagi eng yaxshi futbolchi nomi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib qildi. Reytingda ikkinchi o‘rinni PSJ futbolchisi Lionel Messi, uchinchi o‘rinni esa braziliyalik Pele egalladi. Kuchli beshlikdan sanab o‘tilgan futbolchilardan tashqari, sobiq futbolchilar Ferens Pushkash va Ronaldo Nazario o‘rin oldi.

Shuningdek, Marko van Basten, Alfredo Di Stefano, Mishel Platini, Diyego Maradona va Yoxan Kroyf kuchli o‘nlikka yakun yasadi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu Pele Maradona Ronaldo Tom Krouford

Baholaganlar

984

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing