Dunyoning eng boy shaharlari reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning biror shahri bormi?

Bu qiziq

image

Henley & Partners investitsiya va migratsiya firmasi dunyoning eng boy shaharlari reytingini ma’lum qildi

Qayd etilishicha, Nyu-York bu gal ham dunyoning eng boy shahri deya e’tirof etilgan. Unga ko‘ra, shaharda 340 mingga yaqin millionerlar istiqomat qiladi. Umuman olganda, reytingdagi 50 shahardan 10 tasi yoki beshdan bir qismi AQSHda joylashgan. Yaponiya poytaxti Tokio, Kaliforniyaning Bey Erea, Buyuk Britaniya poytaxti London hamda Singapur shaharlari mos ravishda ro‘yxatning keyingi pog‘onalaridan o‘rin egallagan. Har yili o‘tkaziladigan so‘rov bo‘yicha dunyoning 9 mintaqasida joylashgan 97 ta shahar ko‘rib chiqilgan. 

Nyu-Yorkda yashovchi millionerlar soni 2012-2022 yillar davomida 40 foizga o‘sgan. Bu vaqtda Singapur ham xuddi shunday ko‘rsatkichga erishgan. 

Elliktalik ro‘yxatdan o‘rin olgan shaharlari soni bo‘yicha AQSHdan keyingi o‘rinni Xitoy, uchinchi pog‘onani esa 4 ta shahar bilan Avstraliya egallagan. 

Yuqori daromadli shaxslar sonining o‘sishi bo‘yicha Xitoyning Xanchjou shahri yetakchilik qilmoqda. Shaharda bunday shaxslar soni o‘n yil ichida 105 foizga o‘sgan. AQSHning Texas shtati Ostin shahri esa 102 foiz bilan ikkinchi pog‘onada. Pandemiya davrida yuqori darajadagi biznes rahbarlari va moliyaviy firmalarning ko‘chib o‘tishi tufayli Florida shtatining Mayami va Uest-Palm-Bich shaharlarida yashovchi boylar soni mos ravishda 75 va 90 foizga o‘sgan. 

Rossiyaning eng katta shaharlari Moskva va Sankt Peterburgda esa katta daromadli kishilar soni Ukrainaga qilingan urush ortidan qo‘llanilgan sanksiyalar oqibatida mos ravishda 44 va 38 foizga pasaygan. 

Ta’kidlash joizki, Afrika qit’asida joylashgan Namibiya, Zambiya, Keniya, Mozambik, Ruanda, Efiopiya, Tanzaniya, Angola, Gana kabi davlatlarning hech bo‘lmaganda bittadan shahri top-to‘qson yettitalikda bor bo‘lgani holda Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonning birorta shahri ro‘yxatdan o‘rin olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York eng boy shaharlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing