Dunyoning eng boy klubi Husanovni “Real” va “Man Siti”dan tortib olishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov uchun kurashga “Nyukasl” ham qo‘shildi. Bu haqda “Goal.com” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya klubi Husanov uchun “Lans”ga boshqa da’vogar klublardan ko‘proq to‘lamoqchi. Saud shayxlari egalik qilayotgan klub 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi uchun 20 million yevrodan ko‘proq sarflashga tayyor.

Hozirda dunyoning boy klubi hisoblangan “Nyukasl” Husanov transferi bo‘yicha aniq muzokaralar o‘tkazmoqda, biroq “Lans” himoyachini sotishdan 40 million yevro ishlab olmoqchi.

Qayd etish joiz, himoyachi uchun da’vogarlar qatorida Angliyaning “Manchester Siti” va Ispaniyaning “Real” klublari ham mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Man Siti” o‘zbekistonlik himoyachini transferida favorit hisoblanadi. Shuningdek, PSJ ham Husanovni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy bosh qotirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov uchun kurashga Madridning “Real” klubi ham qo‘shilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

N'yukasl Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing