Dunyoning eng badavlat oilasi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

2023 yilda dunyoning eng badavlat oilalari reytingida Abu-Dabining hukmron Ol Nahayon sulolasi yetakchi bo‘ldi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi ma’lum qildi

Sulola vakillaridan biri Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayondir. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ol Nahayon sulolasining boyligi 305 mlrd dollarga baholangan.

Ikkinchi o‘rinni  Walmart do‘konlari tarmog‘i egasi Uoltonlar oilasi egallagan.   “Bloomberg” oilaning boyligi 259,7 mlrd dollarga yetishini qayd etgan. Hermes modalar uyiga asos solgan Ermes oilasi 150,9 mlrd dollar bilan reytingda uchinchi pog‘onani band etgan.

Keyingi o‘rinlarni 141,9 mlrd dollar boylik bilan Mars brendiga egalik qiluvchi Mars oilasi, shuningdek, Qatarning hukmron shayxlar va amirlar sulolasi As-Soniy (133 mlrd) oilasi egallagan. 

Shuningdek, joriy yil boshidan beri rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 38,5 mlrd dollarga oshgan. Ayniqsa, "Lukoyl" asoschisi Vagit Alekperov hammadan ko‘ra boyib, uning boyligi yanvardan dekabrgacha 9,14 mlrd dollarga oshib, 24,5 mlrd dollarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

reyting badavlat oilalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing