Dunyoning endilikdagi eng keksa odami ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
21 avgust
26193117 yoshli ispaniyalik ayolning vafotidan so‘ng ilgari alpinist bo‘lgan 116 yoshli yaponiyalik ayol Tomiko Itooka Ginnesning rekordlar kitobiga dunyoning eng keksa odami sifatida kiritiladi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 1908 yil 23 mayda tug‘ilgan Tomiko Itooka Yaponiya g‘arbidagi Ashiya shahrida istiqomat qiladi. U uch farzandning onasi bo‘lib, Eyfel minorasidan birinchi marta uzoq masofali radio xabar yuborilgan, aka-uka Raytlar Yevropa va Amerikada birinchi ommaviy reyslarni amalga oshirgan yili tug‘ilgan.
70 yoshida Itooka tez-tez toqqa chiqqan va Yaponiyaning 3067 metrli Ontake tog‘ini ikki marta zabt etgan. 100 yoshida u Yaponiyadagi Ashiya ziyoratgohining uzoq tosh zinapoyalarini hassa ishlatmasdan bosib o‘tgan.