Dunyodagi ruhiy kasallar soni ochiqlandi
Olam
−
06 Sentabr 3440 2 daqiqa
Bugungi kunda butun dunyoda 1 milliarddan ortiq odam ruhiy salomatlik buzilishi bilan yashamoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotida keltirilgan.
JSST hisob-kitobiga ko‘ra, 2021 yilda 15 yoshdan oshgan 400 million kishi spirtli ichimlik iste’moli bilan bog‘liq buzilishlardan aziyat chekkan, 2022 yilda esa 64 milliondan ortiq odam giyohvand moddalar iste’moli oqibatida ruhiy buzilishlarga yo‘liqqan. 2021 yilda qariyb 57 million odam demensiya, 24 milliondan ortig‘i esa epilepsiya kasalligidan aziyat chekkan.
JSSTning qayd etishicha, eng ko‘p tarqalgan ruhiy kasallik turlari xavotir va tushkunlik hisoblanadi. Ular 2021 yilda barcha psixik buzilishlarning uchdan ikki qismini tashkil qilgan. Eng ko‘p hollarda bu kasalliklar 20-29 yosh oralig‘idagi odamlarda uchraydi. Hisobotga ko‘ra, 2011 yildan 2021 yilgacha ruhiy kasalliklarga chalingan odamlar soni dunyo aholisi sonidan tezroq o‘sgan.
JSST, shuningdek, o‘z joniga qasd qilishni yoshlar orasida o‘limning asosiy sababi deb hisoblamoqda. 2021 yilda 727 ming kishi o‘z joniga qasd qilgan. JSSTning hisob-kitobicha, mavjud choralarga qaramay, 2030 yilgacha o‘z joniga qasd qilish oqibatidagi o‘lim darajasi hozirgi sur’atda faqat 12 foizga kamayadi.
Tashkilot hisobicha, ruhiy buzilishlarning keng tarqalishi tufayli har yili 12 milliard ish kuni yo‘qotiladi, bu esa jahon iqtisodiyotiga yiliga qariyb 1 trillion dollar zarar yetkazadi. Shu bilan birga, tushkunlikdan aziyat chekayotganlarning atigi 9 foizi sifatli davolanmoqda, psixozga chalinganlarning esa 71 foizi umuman tibbiy yordam olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seuldagi Kenxi universitetining Tibbiyot kolleji olimlari 1990 yildan 2021 yilgacha 102 ta mamlakatda o‘z joniga qasd qilish darajasini o‘rganib, dunyo bo‘yicha o‘z joniga qasd qilish holatlari qariyb 30 foizga kamaygani haqida xabar bergandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr