O‘zbekistonda “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqiladi
Jamiyat
−
14 fevral 2019 6181 1 daqiqa
O‘zbekistonda “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonunishlab chiqiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z borgan.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini tayyorlash va kiritishda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari funksiyalari hamda vakolatlari aniq chegaralanishini nazarda tutishi kerakligi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A.Abduhakimovga – Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlarni ijro etish yuzasidan mas’ul vazirliklar va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish;
mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga – Konsepsiya va Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish yuklanmoqda.
Ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari rahbarlariga – fundamental va amaliy fanlar rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025