Dunyodagi eng yuqori plastik ifloslanish qaysi davlatda kuzatiladi?
Olam
−
09 Sentabr
11092Hindistonning yillik plastik chiqindilari emissiyasi 9,3 million tonnaga yetdi. Joriy ko‘rsatkich jami global chiqindilarning beshdan biriga teng hisoblanadi. Bu haqda “The Indian Express” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda bunday chiqindilarning deyarli 53 foizi yig‘ilmaydi.
“Mamlakatdagi yig‘ilmagan plastik chiqindilarning qariyb 53 foizi 255 million kishiga to‘g‘ri keladi. Qolgan chiqindilarning aksariyati yong‘inlar tez-tez uchraydigan poligonlarda ochiq holda yoqilishi oqibatida yuzaga kelgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, plastmassa chiqindilarining eng yuqori ko‘rsatkichlari Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, shuningdek, Afrika mamlakatlarida qayd etilgan, biroq Hindiston antireyting bo‘yicha eng yaqin yetakchilarni 2,5 barobardan ko‘proq ko‘rsatkich bilan ortda qoldirgan. Masalan, Nigeriyada yillik plastik chiqindilar hajmi 3,5 million tonna, Indoneziyada 3,3 million tonna, Xitoyda 2,8 million tonnani tashkil etadi.
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan avvalgi tadqiqotlarda Xitoy plastik chiqindilar bo‘yicha yetakchi bo‘lgan, ammo hozir mamlakat chiqindilarni boshqarish va yig‘ish nazorati bo‘yicha sezilarli yutuqlarni ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot uchun, har yili dunyo bo‘ylab 460 million tonnadan ortiq plastmassa ishlab chiqariladi. U inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo‘llaniladi. Plastik chiqindilar atrof-muhitni ifloslantiradi, biologik xilma-xillikka ta’sir qiladi va ekotizim degradatsiyasiga olib keladi. Bunday chiqindilarning asosiy turlari idish, qopqoq yoki stakan kabi bir martalik mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.
LiveBarchasi