Hindistonda 7 kunlik motam e’lon qilindi

Olam

image

Hindiston hukumati sobiq bosh vazir Manmoxan Singx xotirasiga yetti kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Hindistonning sobiq bosh vaziri, mamlakatning “iqtisodiyotini liberallashtirish qahramoni” Manmoxan Singx 26 dekabr kuni 92 yoshida vafot etgan.

“Marhum oliyjanobga hurmat belgisi sifatida 26 dekabrdan 1 yanvargacha bo‘lgan davrda butun Hindiston bo‘ylab yetti kunlik motam e’lon qilinadi. Ushbu davr mobaynida butun Hindiston bo‘ylab davlat bayrog‘i yarimiga tushiriladi va rasmiy ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmaydi”, deyiladi xabarda.

Rasmiylar dafn marosimini davlat darajasida o‘tkazishga ham qaror qilgan. Shunday qilib, vazirning dafn marosimi 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

“Hindistonning xorijdagi barcha elchixonalarida dafn marosimi kuni davlat bayrog‘i ham yarmiga tushiriladi”, deyiladi xabarda.

Manmoxan Singx 26 dekabr kuni 92 yoshida tez yordam bo‘limida vafot etgan. U o‘z uyidan hushsiz holda olib kelingan. Shifokorlarning aytishicha, Singx keksa odamlarga xos bo‘lgan bir qator kasalliklardan aziyat chekkan. Shifokorlar qancha urinishmasin, uni hayotga qaytara olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston motam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing