Dunyodagi eng katta moviy olmos 44 mln dollarga sotildi

Bu qiziq

image

Jenevada kimoshdi savdosiga qo‘yilgan eng katta moviy olmos – Bleu Royal 44 mln dollarga sotildi. Bu haqda RBC xabar berdi.
Christie’s auksion uyida sotilgan yorqin moviy rangga ega bo‘lgan qimmatbaho tosh shu kungacha topilgan olmoslar ichidagi eng noyoblaridan biri hisoblanadi. 

Mutaxassislar uning og‘irligi 17,61 karatni tashkil qilishini inobatga olib, kamida 50 mln dollarga sotilishini taxmin qilgan edilar. Christie’s kimoshdi savdo uyining zargarlik buyumlari bo‘limi rahbari Maks Fosettning aytishicha, Bleu Royal olmosi noyob rangi va noksimon shaklini saqlab qolgani uchun ham yuqori baholanadi.

Olmos 50 yil davomida shaxsiy kolleksiyada saqlanayotgan bo‘lib, platina va pushti ranglarni o‘zida mujassamlashtirgan tillo uzukni bezab turibdi. 

"Biz olmosga qo‘yilgan yakuniy narxdan mamnunmiz. Bu joriy yilda barcha auksion uylaridagi zargarlik buyumlarining ichida yuqori narxdagisidir", degan Christie’s kimoshdi savdo uyining zargarlik buyumlari bo‘limi rahbari Maks Fosett.

Zargarlik buyumlari orasidagi auksion rekordlaridan biri – 2016 yilda 57,5 mln dollarga sotilgan 14,62 karatli Oppenheimer Blue'ga tegishlidir. Shuningdek, 2017 yilda Gonkongdagi Sotheby's auksionida 59 karatli Pushti Yulduz olmosi ham rekordni yangilab, 71,2 mln dollarga sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

auktsion rekord olmos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing