Dunyodagi eng katta dinozavr bosh suyagi namoyish etildi (foto)

Bu qiziq

image

Dunyodagi eng katta dinozavr bosh suyagi Daniyadagi Knutenborg safari bog‘idagi yangi muzeyda namoyish qilindi. Bu haqda “Madison.com” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bu hozirgacha topilgan dunyodagi eng katta dinozavr bosh suyagi bo‘lib, uning uzunligi taxminan uch metrni tashkil etadi. Mazkur bosh suyagi seratops oilasiga mansub bo‘lgan torozavrga tegishli hisoblanib, unga “Adam” nomi berilgan. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan dinozavr qoldiqlari AQSHdan topilgan. 

"Men uchun eng hayajonlisi bu yerda 150 million yillik narsalarni topish imkoniyatidir. U harakatsiz yotgan va juda yaxshi saqlangan", deydi Knutenborg safari bog‘ining rahbari Kristoffer Knut. 

Ma’lumot uchun, torozavrlar bo‘r davrining oxirida, taxminan bundan 70 million yil oldin yashagan. Ular katta o‘txo‘r dinozavrlar bo‘lib, balandligi sakkiz metrgacha, og‘irligi esa 4 tonnaga qadar yetgan. 

Torozavrning bosh suyagidan tashqari muzeyda yana beshta qadimiy dinozavrning toshga aylangan qoldiqlari, jumladan, Katta Jo nomli allazavr suyagi namoyish etiladi. U dunyodagi eng yaxshi saqlanib qolgan qoldiqlardan biridir. Shuningdek, ekspozitsiyaga arxeopteriksning toshga aylangan qoldiqlari kiradi. Bundan tashqari, muzey mehmonlari boshqa qadimiy hayvonlarning skeletlari bilan ham tanishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda dinozavr skeleti rekord darajadagi narxda sotilgandi. Shuningdek, 65 million yillik dinozavr skeleti kutilganidan arzonga sotilgan. 

Bundan tashqari, 66 million yil oldin yashagan dinozavr tuxumlari topilgani, O‘zbekistonda esa Afrika filidan kattaroq dinozavrlar yashagani ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Daniya dinozavr bosh suyagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing