Dunyodagi eng qimmat muzqaymoq Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Bu qiziq

image

Yaponiyaning “Cellato” brendi tomonidan ishlab chiqariladigan “Byakuya” muzqaymog‘i dunyodagi eng qimmat muzqaymoq sifatida Ginnesning yangi rekordini o‘rnatgan. Bu haqda “Oddity Central” xabar berdi.

Aytilishicha, og‘irligi 130 gramm bo‘lgan “Byakuya” muzqaymog‘ining bir porsiyasi naq 6700 dollar (taxminan 77 million so‘m) turadi.

Shirinlikning asosi sut, ikki turdagi pishloq, tuxum sarig‘i va pirasadan tayyorlanib, uning ustiga parmesan pishlog‘i, oq tryufel, tryufel yog‘i va oltin barg qo‘shiladi.

Yaponiyalik ishlab chiqaruvchi “Byakuya”ni bir stakan eski oq sharob bilan birlashtirishni tavsiya qiladi. Muzqaymoqni biroz yumshatish kerak bo‘ladi va shunda metall qoshiq unga osongina kirishi mumkin, so‘ngra ta’mni yaxshilash va lazzatlanish uchun kiritilgan tryufel yog‘i qo‘shiladi.

Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, desert, ya’ni yengil shirinlik, murakkab ta’m va hashamatli silliq tuzilishga ega. Muzqaymoq qo‘lda ishlangan kichik metall qoshiq bilan zamonaviy qora qutiga qadoqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ginnes muzqaymoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing