Dunyodagi eng qimmat avtokompaniya nomi ma’lum qilindi

Texnologiya

image

Tesla kapitali 190 milliard dollarga yetdi. Bu uni dunyodagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylantiradi. Taqqoslash uchun, ikkinchi o‘rinni egallagan Toyota kompaniyasining kapitallashuvi 182 milliard dollarga, Volkswagen esa 75 milliard dollarga teng. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Honda 48 milliard dollar bilan to‘rtinchi, Daimler AG (41 milliard dollar) esa kuchli beshlikka kirdi. Tesla kompaniyasiga kelsak, 2020 yil 10 iyunda kim oshdi savdosida kompaniyaning aksiyalari birinchi marta 1000 dollardan oshib, rekord darajadagi 1025 dollarga yetdi. Yil boshida aksiyalarni 420 dollarga sotib olish mumkin edi. Shunday qilib, yarim yil davomida Tesla aksiyadorlari o‘z kapitallarini deyarli 2,5 baravarga oshirib oldi.

Tahlilchilar Tesla narxining ko‘tarilishini Xitoyda elektr avtomobillarga bo‘lgan talabning ortishi bilan bog‘lashdi. Brendning Shanxaydagi ochiq fabrikasi 2020 yil oxiriga qadar 100 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarish imkoniga ega.

May oyi boshlarida Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask yangi Roadster’ni namoyish etishni noma’lum muddatga qoldirgani ma’lum bo‘ldi. U kompaniya butun diqqatini Model Y krossoverlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish va Berlin yaqinida Yevropadagi birinchi Tesla zavodini qurishga qaratishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tesla

Baholaganlar

258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing