Dunyodagi eng qadimgi avtomobil texnik ko‘rikdan o‘tdi

Bu qiziq

image

Germaniyaning Aynbek shahrida 1894 yilda ishlab chiqarilgan avtomobil texnik ko‘rikdan o‘tdi. Avtoulovda hech qanday zararlanish holati aniqlanmadi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

“Kayfiyatim siz o‘ylagandan ham yaxshiroq. Chunki ustaxonada mashinadan changdan boshqa narsa topilmadi. Ya’ni ular shunchaki changni artib, benzin quyishdi, xolos”, deydi haydovchi Karl-Xayns Rexkopf. 

Texnik ko‘rikdan so‘ng Benz Victoria Nr.99 rusumli mazkur avtomobilning Germaniya yo‘llarida harakatlanishiga ruxsat ikki yilga uzaytirilgan va bu raqamlarga yopishtirilgan stiker bilan tasdiqlangan. 

Tekshiruvdan o‘tgan  Benz Victoria Nr.99 doimiy raqamlarga ega dunyodagi eng qadimgi avtomobil hisoblanadi. Uning maksimal tezlik soatiga 27 kilometrni tashkil etadi.

Biroq avtomobilni haydash uchun ba’zi cheklovlar ham qo‘yilgan.  Masalan, mashinada kuchli faralar yo‘qligi sababli uni tunda haydash mumkin emas. Shuningdek, haydovchi burilish signali o‘rniga signal tayoqchasidan foydalanishi kerak bo‘ladi. 

Bundan tashqari, avtoulovning dizayn xususiyatlari ham o‘zgacha. Xususan, avtomobilning old va orqa g‘ildiraklari turli diametrlarga ega, haydovchi esa orqa o‘rindiqda o‘tiradi.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing