Dunyodagi eng baland it vafot etdi

Bu qiziq

image

Dunyodagi eng baland Freddi ismli nemis iti vafot etdi. Bu haqda Ginness rekordlari kitobi saytida xabar berilgan. 

Itning bo‘yi yag‘rini bilan hisoblaganda 103,5 sm, u orqa oyoqlarida turganida esa 220 sm dan oshiq bo‘lgan. 

8,5 yoshli hayvon 2016 yilda Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan. 

"Freddi barchamizni tabassum qilishga undardi. Biz uni sog‘inamiz. Uning hikoyasini butun dunyoga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan xursandmiz", degan tahririyat xodimlari. 

Avvalroq, dunyoning eng keksa ulkan pandasi Sin Sin Xitoyning Chunsin shahridagi hayvonot bog‘ida vafot etgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

it panda

Baholaganlar

283

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing