Dunyoda yillik harbiy xarajatlar ilk bor 2 trln dollardan oshdi

Olam

image

2021 yilda dunyo davlatlari harbiy ehtiyojlar uchun 2,113 trillion dollar sarfladi. Bu haqda Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich yettinchi yil ketma-ket o‘smoqda, 2021 yilda o‘sish real ko‘rsatkichda 0,7 foizni tashkil etdi. Eng katta xarajatlar AQSH, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi.

Harbiy xarajatlar bo‘yicha etakchilar:

•    AQSH — 801 mlrd dollar (-1,4%);
•    Xitoy — 293 mlrd dollar, (+4,7%);
•    Hindiston — 76,6 milliard dollar (+0,9%).

Buyuk Britaniyaning harbiy xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar oshkor etilmagan. Rossiya harbiy xarajatlari 65,9 milliard dollarni (+2,9 foiz) yoki YAIMning 4,1 foizini tashkil etgan. Umuman olganda, umumiy harbiy xarajatlarning 62 foizi birinchi beshta davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Harbiy xarajatlar yalpi ichki mahsulotdagi ulush bilan qiyoslaganda 0,1 foiz bandga qisqarib, 2,2 foizni tashkil etdi. Mutaxassislar buni pandemiyadan keyin iqtisodiyotning keskin tiklanishi bilan izohlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy xarajat

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing