Dunyoda yangi virus tarqalishi mumkinmi? JSST javob berdi

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Marburg virusining global miqyosda tarqalish xavfini past darajada deb baholamoqda. Ammo, ushbu xavf Ruanda va mintaqaviy miqyosda juda yuqori. Bu haqda tashkilot vakiliga tayanib, “Precision vaccinations” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kasallik tarqalishining to‘liq ko‘lamini aniqlash uchun tadqiqot davom etmoqda va xavf darajasi yangi ma’lumotlarga qarab yangilanadi. Shuning uchun, hozircha JSST Ruandaga safar qilishni cheklashni tavsiya etmaydi.

JSST hududiy tarqalish xavfini, xususan, Ruandaning Kongo Demokratik Respublikasi, Tanzaniya va Uganda bilan chegaradosh hududlarida avval ham Marburg virusiga oid holatlar kuzatilgani sababli, yuqori deb baholamoqda. Tashkilotning ta’kidlashicha, Ruandaning poytaxtidagi xalqaro aeroport va bir nechta Sharqiy Afrika shaharlari bilan bog‘lovchi yo‘llar mavjudligi tufayli xalqaro tarqalish xavfi ham mavjud.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ruandada Marburg virusining 36 ta holati qayd etilgan bo‘lib, ulardan 11 nafari o‘lim bilan yakunlangan. Ruanda Sog‘liqni saqlash vazirligi 27 sentyabr kuni Marburg isitmasining yangi o‘chog‘i boshlanganini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, ushbu virus Ebola virusi bilan bir xil oilaga mansub. Marburg virusining o‘lim darajasi virus shtammi va davolash usullariga qarab 24 foizdan 88 foizgacha o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda bu kasallikka qarshi maxsus dori vositasi yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning Gamburg shahri politsiyasi Marburg isitmasi bilan kasallangan erkak poyezdlardan birida kelgani ehtimoli tufayli shaharning bosh vokzalini qisman yopib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Ruanda Marburg virusi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing