Dunyoda neft narxi yana “quladi”

Olam

image
Neft narxi “qulaganda” kim yutadi va kim yutqazadi? north_east

Neft narxi “qulaganda” kim yutadi va kim yutqazadi?

Dunyoda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini xavfi ortishi fonida neft narxining pasayishi tezlashdi.

Toshkent vaqti bilan soat 20:06 da Shimoliy dengizning Brent markali neftining noyabr fyucherslari narxi 4,06 foizga pasayib, bir barreli 41,4 dollarga teng bo‘ldi. WTI markasining noyabr fyucherslari narxi 4,45 foizga arzonlashib, bir barreli 39,48 dollarsha teng bo‘ldi.

WTI`ning oktyabr fyucherslari narxi 4,14 foizga pasayib, bir barreli 39,41 dollarga teng bo‘ldi.

Neft savdogarlari yangi koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqini butun dunyo iqtisodiyaga bosim o‘tkazishi va xomashyoga bo‘lgan talabning pasayishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

Ko‘pgina davlatlarda kasallanganlarning ortishi kuzatilishi ortidan karantin choralari kuchaytirilyapti.

Liviyada neft qazib olishning tiklangani “qora oltin” narxiga qo‘shimcha bosim bo‘lyapti.

Eslatib o‘tamiz, bunday avval joriy yilning mart-aprel oylarida dunyo bozorida neftning narxi tushib ketgandi. Bunga mamlakatlarda koronavirus sabab o‘rnatilgan karantin cheklovlari sabab bo‘lgandi. Karantin sabab yirik yonilg‘i iste’molchilari ishini to‘xtatgan va hatto, avtomobillar ham harakatlanmay qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

neft'

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing