Dunyoda neft narxi “qulashi”dan avval Putin “yopiq yig‘ilish” o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image
UzAuto Motors avtomobillar narxini oshirdi north_east

UzAuto Motors avtomobillar narxini oshirdi

OPEC (Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti) va Rossiya o‘rtasida neft qazib olish bo‘yicha yangi kelishuv tuzish amalga oshmay qolishi ortidan dunyo neft bozorida keskin pasayish kuzatilgani haqida xabar bergan edik.

OPEC bilan shartnoma barbod bo‘lishidan avval 1 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “Vnukovo” aeroportining davlat rahbarlariga xizmat ko‘rsatiladigan “Vnukovo-2” terminalida mamlakatning energetika sohasi va yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Yig‘ilishda jahon bozorida neftga talabning tushishi va narxning pasayishi boshlanganida Rossiya bilan birgalikda AQSH ham zarar ko‘rishi kerakligi ta’kidlangan. Kremlning ushbu yig‘ilish bo‘yicha bergan axborotida faqatgina Putin kelajakda uglevodorod ishlab chiqarishda barqarorlikni saqlab qolish uchun biznes doiralarining fikrini o‘rganish haqida aytgani keltirilgan.

Putinning neft bo‘yicha yig‘ilishida “Rosneft” rahbari Igor Sechin, “Gazprom neft” bosh direktori Aleksandr Dyukov, “Surgutneftgaz” bosh direktori Vladimir Bogdanov, “Lukoyl”ning birinchi ijrochi vitse-prezidenti Ravil Magdanov va Energetika vaziri Aleksandr Novak ishtirok etgan. Yig‘ilishning katta qismi yopiq tarzda o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, dunyo neft bozorida narxlarning tushish Rossiya milliy valyutasi rublning keskin qadrsizlanishiga olib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin neft'

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing