Dunyoda milliard odamning to‘rtdan uch qismi och – BMT
Bu qiziq
−
13 iyul 2023
36332022 yilda dunyo bo‘ylab ochlikdan aziyat chekkanlar soni 735 million kishini, (bu o‘tgan yilga nisbatan 3,8 millionga kam) tashkil qilgan. Bunga oid hisobotni kecha, 12 iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, garchi ocharchilik bilan bog‘liq vaziyat Afrika, G‘arbiy Osiyo va Karib dengizidagi hududlarda yomonlashgan bo‘lsa-da, yetti yil ichida dunyoda birinchi marta och qolganlar soni yillik taqqoslashdan ko‘paymagan.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2,4 milliard kishi (dunyo aholisining 29,6 foizi) 2022 yilda oziq-ovqatdan barqaror foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Agar bunday tendensiya davom etaversa, 2030 yilga kelib sayyoradagi ochlikni yo‘q qilish maqsadiga erishib bo‘lmaydi.
Afrikadagi vaziyat eng achinarli, deya baholanadi. U yerda har beshinchi odam ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu ko‘rsatkich sayyoradagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar yuqori.
Shu bilan birga, 2022 yilda dunyoda 5 yoshgacha bo‘lgan 148 million bola to‘yib ovqatlanmaslik tufayli ayrim jiddiy kasalliklardan, 37 million bola esa ortiqcha vazndan aziyat chekadi.
LiveBarchasi