Dunyoda koronavirusdan kasallanish va o‘lim foizi ortdi 

Olam

image

Dunyoda bir hafta ichida deyarli uch million kishida koronavirus kasalligi aniqlandi, 55 mingdan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.  

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, o‘tgan hafta bilan taqqoslaganda infeksiya darajasi 10 foizga, o‘lim darajasi 3 foizga o‘sgan. Bungacha o‘limlar soni ikki oydan beri kamayib borayotgan edi. Umuman olganda, dunyo bo‘yicha koronavirus 186 240 393 kishida tasdiqlangan, 4 027 861 bemor vafot etgan. 

So‘nggi yetti kun ichida eng ko‘p holatlar Braziliyada aniqlangan (333 030). Undan keyingi o‘rinlardan Hindiston (291 789), Indoneziya (243 119), Buyuk Britaniya (210 277) va Kolumbiya (174 320) joy egallagan. 

Kasallik Amerikada 3 foizga kamaygan bo‘lsa, Sharqiy O‘rta yer dengizida 25 foizga, Yevropada 20 foizga va Janubi-Sharqiy Osiyoda 16 foizga oshgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 13 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117 409 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

JSST koronavirus

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing