Dunyoda koronavirusdan ham xavfli virus paydo bo‘lishi mumkin — JSST 

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus dunyoda yangi halokatli virus paydo bo‘lishini bashorat qildi. U 74-Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasida shunday bayonot bergan.  

“Dunyo pandemiya tahdidiga so‘nggi bor duch kelmayapti. Evolyutsion hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi virusga qaraganda yanada yuqumliroq va halokatliroq bo‘lgan yangi virus paydo bo‘ladi”, degan u. 

Bosh direktor xalqaro birdamlikning yo‘qligi, ma’lumotlarni almashishga istak bo‘lmasligi, shuningdek, resurslar va texnologiyalar taqdim etilmasligi “pandemiyaning asosiy qo‘zg‘atuvchisi” bo‘lishini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “agar yana eski yo‘ldan yurilsa, xuddi shu natijaga — tayyor bo‘lmagan, xavfsiz bo‘lmagan va adolatli bo‘lmagan dunyoga erishiladi”. 

“Dunyoni xavfsiz saqlash uchun yetakchilik va barcha a’zo davlatlarning ishtiroki talab etiladi”, deya ta’kidlagan Gebreyesus. 

Avvalroq, dunyoda kamida 115 ming nafar tibbiyot xodimi koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

JSST virus

Baholaganlar

636

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing