Dunyoda qurol-yarog‘ savdosi hajmi oshdi

Olam

image
Kuchli armiyasiz kuchli Vatan bo‘lmaydi – XXR Raisi maxsus bayonot bilan chiqdi north_east

Kuchli armiyasiz kuchli Vatan bo‘lmaydi – XXR Raisi maxsus bayonot bilan chiqdi

Rossiya Qurolli kuchlari ixtiyorida yangi qurol paydo bo‘ladi north_east

Rossiya Qurolli kuchlari ixtiyorida yangi qurol paydo bo‘ladi

2019 yilda dunyodagi 25 ta eng yirik kompaniyalarning qurol-yarog‘ va harbiy xizmatlar savdosi o‘tgan yilga nisbatan 8,5 foizga o‘sdi va 361 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqotlari institutining (SIPRI) bugun,7 dekabr kuni e’lon qilingan hisobotida aytilgan.

O‘tgan yili yuqori aytilgan 25 ta kompaniyadan 12 tasi AQSHda joylashgan bo‘lib, ular jami qurol savdosining 61 foizi ularga tegishli bo‘lgan. Shu bilan birga, ulardan beshtasi reytingda yetakchi va ularning savdosi 166 mlrd dollarni tashkil qilgan. Gap Lockheed Martin, Boeing, Northrop Grumman, Raytheon va General Dynamics kompaniyalari haqida boryapti.

Qurol savdosi bo‘yicha Qo‘shma Shtatlardan keyingi o‘rinni Xitoy egallagan. Uning harbiy-sanoat kompaniyalari ulushiga jami savdo hajmining 16 foizi to‘g‘ri kelgan. Reytingga kirgan to‘rtta kompaniyadan uchtasi – Aviation Industry Corporation of China (6-o‘rin), China Electronics Technology Group Corporation (8-o‘irn) i China North Industries Group Corporation (9-o‘rin) dastlabki o‘ntalikdan joy olgan. To‘rtinchi kompaniya China South Industries Group Corporation 24-o‘rinda qayd etilgan.

Bundan tashqari, qurol va harbiy xizmatlar savdosining 18 foizi oltita G‘arbiy Yevropa kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Hisobotga ko‘ra, birinchi marta bu guruhga Yaqin Sharq kompaniyasi – EDGE kirgan. Kompaniya BAAda 2019 yilda 25 ta mayda kompaniyalarn qo‘shib yuborish yo‘li bilan tashkil qilingan. U 1,2 foiz hissa bilan reytingda 22-o‘rinni egallagan.

Amerikaning L3Harris Technologies reytingga kiritilgan yangi kompaniyalardan bo‘lgan. U 10-o‘rinni egallagan. U 2019 Harris Corporation va L3 Technologies`ning qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Rossiya kompaniyalari va Xitoy rasmiylariga qarshi sanksiyalar o‘z samarasini ko‘rsatgan.

Rossiyadan faqatgina ikkita kompaniya “Almaz-Antey” va “Birlashgan kemasozlik korporatsiyasi” top-25 ro‘yxatiga kirgan.

Shuningdek, SIPRI`ning katta ilmiy xodimi Nan Tyanning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning qurolsozlik kompaniyalari Xalq ozodlik armiyasini odernzatsiya qilish hisobiga daromadini oshirgan.

Qayd etish kerakki, Xitoy armiyasini jadallik bilan modernizatsiya qilib boryapti. XXR raisi Si Szinpin Guandun provinsiyasidagi harbiy bazada bo‘lib, harbiylar bilan uchrashgan va Qurolli kuchlani modernizatsiya qilish ishlarini tezlashtirish kerakligini aytgandi


Maqola muallifi

Teglar

qurol

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing