Bo‘stonliqda xonadonida narkotik va qurol saqlagan aka-ukalar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida xonadonida giyohvand moddalar va qurol-aslahalar saqlagan 5 nafar aka-uka ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashovchi 5 nafar aka-ukalarning yashash xonadonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada ular tomonidan yashirib qo‘yilgan jami 9 kg 14 gr marixuana, 1 tup kannabis, 1 dona pnevmatik qurol, ov quroliga tegishli 21 dona patron, 19 dona gilza, 1 dona rezina tayoqchasi  (dubinka), 2 dona sovuq qurol ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Bildirilishicha, ushbu fuqarolar muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan.

“Eng achinarlisi, ular 2003 yilda tug‘ilgan 2 nafar farzandini ham o‘zining qabih ishlariga jalb qilishgan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ularning sherigi hisoblangan 1970 yilda tug‘ilgan shaxsning yashash manzili ham ko‘zdan kechirilganda xonadon omborxonasi va oshxonasida jami 7 dona qog‘oz bo‘lagiga solingan quruq holatdagi kannabis va chekish uchun mo‘ljallangan moslama borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda narkojinoyatlar soni ikki barobarga, musodara qilingan sintetik moddalar miqdori esa o‘n barobarga oshgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

qurol Bo'stonliq narkotik Davlat xavfsizligi xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing