Rossiya Qurolli kuchlari ixtiyorida yangi qurol paydo bo‘ladi

Olam

image

Rossiyadagi korxonalar uchuvchisiz boshqariladigan ob’ektlarni kuzatish bo‘yicha eng so‘nggi kompleksni yaratish ustida ish boshladi. Bu haqda “Komsolskaya pravda” xabar berdi.

"Noyabr oyidan boshlab uzoq masofali radar patrul xizmati uchun uchuvchisiz vertolyotni yaratish ishlari olib borilmoqda. U dushmanlarning  kichik o‘lchamli va tezkor uchuvchisiz uchish vositalarini kichik va juda past balandlikdan kuzatib boradi. Shu tariqa dushman ob’ektlari haqida zenit-raketa tizimlariga ma’lumot beradi", deb ma’lum qildi harbiy-sanoat majmuasidagi manba.

Ushbu loyihaga boshqa davlatlarning uchuvchisiz samolyotlari Rossiya chegaralari bo‘ylab razvedka qilish uchun ko‘plab urinishlaridan so‘ng qo‘l urildi.

Kompleksni rivojlantirish mavjud ishlanmalar asosida amalga oshiriladi, shuning uchun u qisqa vaqt ichida yaratiladi.

Ayni paytda Rossiyada, asosan, razvedka dronlari mavjud – “Orlan-10”, “Leer” va boshqalar. Bundan tashqari, RF Qurolli Kuchlar ixtiyorida “Kub” va “Lanset” singari kamikadze dronlari mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qurolli kuchlar

Baholaganlar

698

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing